POLIAMID TOLALAR

POLIAMID TOLALARpoliamidlar eritmasidan tayyorlanadigan sintetik tolalar Poliamid tolalar olish uchun, odatda, mol. m. 15000 dan 30000 gacha boʻlgan chi-ziqsimon poliamidlardan foydalaniladi. Poliamid tolalar pishiq, juda qayishoq, yeyilmaydi, koʻpgina kimyoviy moddalar taʼsiriga chidamli, oʻziga boʻyoq oladi. Konsentrlangan mineral kislotalarda (ayniqsa, qaynatilganda), fenol, krezol va b. da eriydi. Bir xil tolalar termooksidlanishga, yorugʻlik-ka, ayniqsa, ultrabinafsha nurlarga chidamsiz; bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida poliamidga turli mikroqoʻshimchalar (turli metall tuzlari, aromatik aminlar va h. k.) qoʻshiladi. Poliamid tolalarni tayyorlash texnologik ja-rayoni 3 bosqichdan: polimerii sintez qilish, tolani shakllantirish va ishlov berishdan iborat. Poliamid tolalarning quyidagi turlari bor: Poligeksameti-lenadipinamid tolasi — anid (MDH mamlakatlari), naylon (AQSH), perlon, dederon (GFR), maranil, luron (Angliya). Poli — ye—kaproa-mid tolasi — kapron (MDH mamlakatlari), neylon, kaprolon (AQSH), perlon (GFR), silon (Chexiya), amilan (Yaponiya), akulon (Gollandiya), grilon (Shveysariya), Pol i – w – ena ntoa-mid tolasi — enant (MDH mamlakatlari), naylon (AQSH). Poli-shundekanamid tolasi — undekan (MDH mamlakatlari), naylon (AQSH), rolsin (Angliya), rilsan (Fransiya, Italiya). P. t. uzluksiz ip va shtapel tola xrlida chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x