POGODIN

POGODIN (taxallusi; asl familiyasi Stukalov) Nikolay Fyodorovich [1900.3 (16).11, Donesk viloyati — 1962.19.9, Moskva] — rus dramaturgi. Ijodi 1920-y. lardan boshlangan. P sovet voqeligini tasdiklovchi pyesalar yozgan («Mening doʻstim», 1932; «Aslzodalar», 1934) va inqilobiy davrning sahnaviy yilnomasini yara-tishga intilgan [«Miltikli kishi», 1937; «Kreml kurantlari», 1942 (1956-y. da kayta ishlangan); «Alvon bulutlar», 1955; «Uchinchi patetik asar», 1958 va b. ]. P. bu va b. sahna asarlari hamda kinossenariylarida Okt. davlat toʻntarishi va uning rahbarlari obrazini sovet mafkurasi talablari asosida talqin etdi. Pogodin umrining soʻnggi yillarida «inqilobiy romantik» voqealar tasviridan qochib, shaxs erkinligi, ruhiy olamining kommu-nistik axloq meʼyorlariga daxleizligi haqida hikoya qiluvchi «Petrarka soneti» (1957), yoshlar ruhiy olamining shakllanishi mavzuiga bagishlangan «Kichkina talaba» (1959), «Moviy rapsodiya» (1961) pyesalari va «Kah-rabo marvarid» (1960) romanini yaratdi. Pogodin 2-jahon urushi yillarida Toshkentda yashab, Hamid Olimjon, Uygʻun va Chustiy b-n hamkorlikda «Oʻzbekiston qilichi» pyesasini yezdi (1943). Pogodinning bir necha pyesalari Oʻzbekiston teatrlari sahnasida qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x