POETIKA

POETIKA (yun. poietike — poetik sanʼat) — badiiy asarlarda ifoda vositalari tizimi haqidagi fan, eng qad. ada-biyotshunoslikfani. Kengmaʼnoda Poetika ada-biyot nazariyasi tushunchasiga toʻgʻri keladi. Adabiyot nazariyasi sifatida Poetika adabiy tur va janrlar xususiyatini, oqim va yoʻnalishlar, uslub va metodlarni oʻrga-nadi hamda badiiylik darajasi oʻrtasidagi ichki bogʻlanish va oʻzaro munosabat qonuniyatlarini tadqiq etadi.

Poetika 3 tarkibiy qismdan iborat: umumiy Poetika, tavsifiy (xususiy) Poetika, tarixiy P. Umumiy Poetika har qanday asarning badiiy vositalari va qurilish qonuniyatlarini janrga, adabiy tur va jinslarga karab muallif niyatining mujassamlanish usullarini tadqiq etadi. Tavsifi y P. ayrim olingan bir muallif asarlarining yoki davrlar va yoʻnalishlarning oʻziga xos xususiyatlarini aniklaydi. Tarixi y P. badiiy vositalar taraqqiyotini (obrazli ifodalar, shakllar, qofiyalar) va kategoriyalarni (badiiy qilib berilgan zamon, makon, ritm) oʻrganadi.

«P». termini dastlab Aristotelnit «Poetika» asarida qoʻllangan. Bu asar badiiy asar va uning tiliga oid nazariy masalalarni yoritishda dastlabki asarlardan hisoblanadi. Asarda yunon adabiyotidagi ilk realizm nazariyasi haqida maʼlumot berilgan. Buyuk vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy xam ushbu asar taʼsirida «Shoirlar sanʼati qonunlari haqida risola»sini yozgan. Realistik adabiyotning klassitsizm bos-qichi haqidagi nazariy masalalar fransuz olimi va shoiri N. Bualonnng «Poetik sanʼat» asari (1674)da yoritildi. Bualo bu asarida klassitsizm poetikasi asoslarini yaratdi, bu oqim uchun xos boʻlgan xususiyatlarni ochib berdi va ularni badiiy ijod krnuniyatlari sifatida talqin qildi. Klassitsizm nazariyasining dogmatik gʻoyalariga qarshi kurashda fransuz yozuvchisi va faylasu-fi D. Didroning «Dramatik poeziya haqida» (1758), G. Lessingning «Gamburg dramaturgiyasi» (2 j. li, 1767—69) asarlari vujudga keldi. Bu asarlarda ijodda erkinlik, hayotiy haqiqat masalalari, hayotni dinamik tarzda tasvirlash talablari nazariy asoslandi.

Musulmon Sharqi adabiyotida Poetika 3 qismdan:

1) ilmi aruz,

2) ilmi qofiya, 3) ilmi badiʼdan iborat max-sus fan sifatida shakllangan va bu fanning mazkur yoʻnalishlari boʻyicha koʻplab ilmiy asarlar yaratilgan (Shayx Ahmad Taroziyning «Funun ul-balogʻa», Atoulloh Husayniyning «Ba-doiʼ ussanoyiʼ» va b.).

Adabiy-badiiy mezonlar, yaʼni Poetikaning muayyan qonun-qoidalari ayrim adabiy yoʻnalish, oqim va maktablarda, alohida xalqlarda (tasavvuf sheʼriyati Poetikasi, xalq dostonchiligi Poetikasi, maʼrifatparvarlik adabiyoti Poetikasi, Sharq adabiyoti Poetikasi, uzbek adabiyoti Poetikasi kabi), hatto buyuk qalam sohiblari ijodida pishgan, puxta ishlanib, sayqal topgan (Navoiy P. si, Bobur P. si, Qodiriy Poetikasi va b.).

Uzbek filologiyasi tarixida Poetika boʻyicha dastlabki kuzatishlar «Qutadgʻu bilig» (Yusuf Xos Xojib), «Devonu lugʻotit-turk» (M. Koshgʻariy) asarlaridan boshlangan. Sheʼr nazariyasini rivojlantirishda Navoiyning «Muhokamat ul-lugʻa-tayn», «Mezon ul-avzon», Boburning «Muxtasar» asarlari muhim rol oʻynadi. Adabiyot va sanʼatning yuksak badiiyligi, goyaviyligi uchun kurash borgan va bo-rayotgan keyingi davrlarda uzbek adabiyotshunoslari ham Poetika masalalarini tadqiq etishga katta eʼtibor berdilar. Navoiy ijodi Poetika sini oʻrganishda V. Zohidov, M. Shayxzoda, A. Hayitmetov, Yo. Isoqov va b. ning tadqiqotlari, Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahxrr romanlari P, si boʻyicha M. Qoʻshjonov, U. Normatov va b. ning, uzbek sheʼriyati Poetikasi haqila O. Sharafiddinov va b. ning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. Uzbek folklori namunalari Poetikasi ham tadqiq etilmoqda.

Sultonmurod Olim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x