PODGURSKAYA Yelena Genrixovna

PODGURSKAYA Yelena Genrixovna (1896, Moskva — 1968.30.9, Toshkent) — koʻgʻirchoq teatri rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1956). Moskvadagi Stroganov badiiy bilim yurtining haykaltaroshlik boʻlimini tugatgan (1918). 1929-y. dan Toshkentda. Dastlab Yosh tomoshabinlar teatrida, 1929-y. dan Respublika pio-nerlar saroyi qoshidagi Davlat qoʻgʻir-choq teatrida, 1939-y. dan Respublika qoʻgʻirchoq teatrida rassom. P. teatrda sahnalashtirilgan spektakllarni badiiy bezab, spektakllar ruhiga moye qoʻgʻirchoqlar yaratishga, milliy kolo-ritni aniq berishga intildi. Uzbek («Ur, toʻqmoq», «Sehrli chanoq», «Ziyod botir» va b.), rus («Ulik malika va yetti bahodir haqida ertak», «Alyonushka opa va Ivanushka uka», «Qor mali-kasi» va b.), arab («Alibobo va qirq qaroqchi»), chex («Irjik bahodir») va b. xalklar ertaklari asosida va b. mavzularda yaratilgan spektakllarga rassomlik qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x