PO

PO (Roye) Edgar Allan (1809.19.1, Boston — 1849, 7.10, Baltimor) — ame-rika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. Simvolizm boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tutilgan. 1815—20 y. larda Buyuk Britaniyada yashagan. 1825-y. Virginiya un-tiga kirgan, UestPoynt harbiy akademiyasi (1830—33)da oʻqigan. Asosan, fojiali, «dahshatli» («Qora mushuk», 1943 va b.), fantastik («Voron va boshqa sheʼrlar», 1845) yoki yumoristik novellalar («Grotesklar va arabeskalar» toʻplami, 1840) klassigi. Po detektiv adabiyotnpng asoschilaridan («Morg koʻchasidagi krtillik», 1841; «Mari Roje siri», 1842; «Tilla qoʻngʻiz», 1843; «Oʻgirlangan maktub», 1845). Uning yetuk lirikasida maxbuba – ; sidan judo boʻlgan kishining jafola – | ri mavzui oʻz ifodasini topgan («Annabel Li», 1849 va b.). Shafkatsizlik, sadizm P. hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hirslarning tantanasi tarzida talkin etilgan. Po jamiyat xayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tankidiy pafosdan xam samarali foydalangan. «Ijod falsafasi» (1845), «Poetik prinsip» (1850) falsafiy asarlari bilan amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qoʻshgan. Poning detektiv hikoya janri-daorttirgan tajribalari A. K. Doyl, R. L. Stivenson, G. Chesterson singari yozuvchilar ijodida anʼana sifatida foydalaniddi; sheʼriy ijodi fransuz va rus simvolistlariga taʼsir koʻrsatgan. Asarlari uzbek tiliga tarjima kilingan («Tilla qoʻngʻiz», 1962).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x