PNEVMOTRANSPORT

PNEVMOTRANSPORT (pnevmo… va transport) — sochiluvchan va donali materiallar (bugʻdoy, un, paxta va b.) ni havo yoki gaz kuchi bilan tashishga im-kon beradigan qurilmalar majmui. Havo yoki gazning tortish kuchini vujudga keltirish uchun ventilyator (nasos)lardan foydalaniladi. Pnevmotransportning soʻradigan, haydaydigan va aralash xillari bor. P. yuklash mexanizmi, quvurlar, materialni havodan ajratadigan qurilma (separator), kompressor va avtomatik boshqarish asboblaridan ibo-rat. Yuklash (materialni quvurga yunaltiruvchi) uskunalarining vintli va kamerali xillari keng tarqalgan. Ish unumdorligini oshirish uchun aralash (vintli va kamerali) Pnevmotransport ishlatiladi. Pnevmotransport sanoatda, qurilishda (kukunsimon, donali va boʻlakli yuklar, sement, kumir kukuni, kul, kum va b. tashish) va b. joylarda qoʻllanadi. Paxta terish va koʻrak chuvish mashinalarida xam Pnevmotransport bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x