PLYURALIZM

PLYURALIZM (lot. pluralis — koʻplik) — 1) borliqning bir necha (yoki koʻplab) mustaqil ibtidosi yoki bilimning bir qancha asosi mavjud deb hisoblovchi falsafiy qarash. Shu bilan birga, manfaatlar, gʻoyalar, qarashlarning ham koʻpligini bildiradi. «Plyuralizm» terminini nemis faylasufi X. Volf (16791754) kiritgan (1712). Plyuralizmning aksi — monizm. Gʻarb falsafasida juda koʻp oqim boʻlib, ular hoz. falsafaning plyuralistik xarakteridan dalolat be-radi (pragmatizm, personalizm, hayot falsafasi va b.);

2) jamiyat siyosiy tizimining xususiyati. Bunda ijtimoiy guruxlar oʻz manfaatlarini oʻz vakillari (siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy va b. tashkilotlar) orqali ifodalash uchun tashkiliy tar-tib-qoida tusini olgan imkoniyatlarga ega buladilar. Jamiyatni demokra-tiyalash jarayonida (q. Demokratiya) P. shakllanib, rivojlanadi: u ijtimoiy guruxlarning turli-tuman manfaatlarini aks ettiruvchi har xil qarashlar, fiqolar mavjudligini anglatadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x