PLUTARX

PLUTARX (Plutarchos) (taxm. 46, Xeroneya, Beotiya — taxm. 127) — qad. yunon tarixchisi, faylasuf va yozuvchi. Afinada tahsil olgan. Umrining koʻp qismini ona shahrida jamoat va maʼrifatparvarlik ishlari bilan oʻtkazgan. Platon akademiyasining koʻzga koʻringan aʼzolaridan biri sifatida platonizm gʻoyalarini targʻib qilgan. Ayni paytda muayyan darajada stoitsizm, peripatetizm va, jumladan, pifagoreizm taʼsiri ostida ham qolgan. Plutarx taʼlimotida koʻproq axloq-odob, insonparvarlik masalalari yetakchilik qilgan va olim falsafani insonlar uchun oʻz-oʻzini maʼnaviy shakllantirish vositasi deb bilgan. Plutarxdan boy adabiy va falsafiy meros qolgan. Biroq uning nomini mashhur etgan yetakchi meros — tarixiy-biografik asarlar xisoblanadi. Ushbu asarlar «Qiyosiy hayotnomalar» umumiy nomi bilan shuhrat topgan. Mazkur asarlarda Lisandr va Sulla, Kiton va Likull, Nikiy va Krase, Agesilay va Pompei, Aleksandr va Sezar, Demosfen va Sitseron singari mashhur yunon, Rim davlat va siyosiy arboblari, sar-kardalari va notiqlarining hayot yoʻllari, xulqatvori, turmush tarzini qiyoslash yoʻli b-n tarjimayi hollari bayon qilingan. Badiiy-tarixiy ahamiyatga molik Plutarx biografik asarlarida Qad. Eron, Parfiya va Sugʻdiyona singari Sharq mamlakatlari ijtimoiy-siyosiy hayotiga doir maʼlumotlar ham yoritilgan. Plutarx ilgari surgan insonparvarlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalari keyingi davrlarda anchagina ilgʻor tafakkur vakillariga maʼlum darajada oʻz taʼsirini oʻtkazgan.

As: Izbrannыye jizneopisaniya, t. 2, M., 1990.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x