PLIMUTROK

PLIMUTROK (ing. Plymouth Rock) — goʻsht-tuxum uchun boqiladigan tovuq zoti. 19-a. ning 2yarmida AQSHdayetishtirilgan. Jahondagi koʻpgina mamla-katlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda ham boqiladi. Oq, chipor, qora va b. tusdagi oq leggornlar bilan chatishtirib, oq rangi ustunlik qiladigan Plimutrok olingan. Oq P. broylerlar yetishtirishda kornish zoti b-n (otalik shakli) chatishtirishda onalik shakli tarzida foydalaniladi. Tanasi choʻziq, koʻkragi va orqasi keng. Boshi kichikroq, toji yaproqsimon, tumshugʻi va oyoqlari sariq. Tovuklari 2,7—3,2 kg, xoʻrozlari 3,8—4,2 kg. Yiliga 160—180 ta tuxum qiladi. Tuxumi 55—60 g, och mallarang.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x