PLENER

PLENER (frans. plein air — ochiq havo) — rangtasviraa quyosh nuri va atmosfera bilan bogʻliq havodagi oʻzgarishlarni qanday boʻlsa, shundayligicha tasvirlash. Naturanish rang boyligi va tovlanishini tabiiy yorugʻlik va atrof muhit taʼsirida koʻrsatish Plener rangtasvirining asosini tashkil etadi. Rassomlarning bevosita ochiq havo (ustaxonalardan tashqari)da ishlashi natijasida yuzaga kelgan. Plenerning dastlabki belgilarini Uygʻonish davri italyan va 17a. rassomlari ijodida kuzatish mumkin. Plenerning asosiy xusu-siyatlari 19-a. 1yarmida koʻzga tashla-nadi. 19-a. oʻrtalarida Plener masalalari bilan barbizon maktabi vakillari hamda K. Koro shugʻullangan. 19-a. 2yarmida impressionist rassomlar (K. Mone, K. Pissaro, O. Renuar va b.) ijodida oʻzining toʻlaqonli ifodasini topdi.

Oʻzbekiston hududida Plener 19-a. oʻrtalaridan tarqaldi. L. Bure, I. Kazakov, O. Tatevosyan, A. Isutgov va b., keyinroq P. Benkov, N. Kashina, R. Temurov, A. Roziqov va boshqalar Plener rangtasvirining ajoyib namunalarini yaratdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x