PLAZMODESMALAR

PLAZMODESMALAR (plazma va yun. desma — bogʻ) — oʻsimliklarda qoʻshni hujayralar protoplastlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi sitoplazma ipchalari. Plazmodesmalar xujayra boʻlinishi davrida hujay-ra qobigʻi tarkibida hosil boʻladigan naychalarda joylashadi. Naychalar boʻshligʻini plazmatik membrana oʻrab turadi. Naychalar diametri 20—70 nm ga teng boʻlib, ular soni har xil hujayralarda bir xil boʻlmasligi mumkin. Plazmodesmalar orqali taʼsirlanish va moddalar bir hujayradan ikkinchisiga oʻtib, xujayralar oʻrtasida umumiy bogʻlanish amalga oshiriladi. (yana q. Hujayra, Endoplazmashik toʻr).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x