PLASTIKLIK NAZARIYASI — qattiq jismlarning plastik deformatsiyalanishi oʻrganiladigan mexanika boʻlimi. Plastiklik nazariyasi jismlardagi plastiklik xossasining fizik maʼnosini emas, balki plastik (ishlovga moyil) jismlarning mikro-skopik xossalarini oʻrganish, plastik deformatsiyalanadigan jismlarda kuchlanish (zoʻrikish) va deformatsiyaning taqsimlanishini aniklash usullarini to-pish bilan shugullanadi.
Plastiklik nazariyasi 19-a. oxirlaridan taraqkiy qila boshladi. Fransuz olimi A. Sen-Venan, nemis olimlari R. Mizes, L. Prandtl, A. Nadan, rus olimlari S. L. Sobolev, S. G. Mixlin, A. A. Ilyushin, uzbek olimi X,. A. Rahmatullin va b. olimlar bu fanga muhim xissa qoʻshgan.
Amalda yupqa devorli yassi, silindrik metall trubalarning choʻzilish, sikilishdagi plastiklik xossalari tekshiriladi. Bunda namuna tashki kuch taʼsirida siqiladi, choʻziladi, buraladi, unga ichki bosim taʼsir qiladi va h. k. Plastik deformatsiyalanganda materialning zoʻriqqan va deformatsiyalangan holati unga qoʻyilgan yukka bogʻliq boʻladi. Mac, namunaga ikkinchi marta yuk qoʻyilganda uning elastiklik chegarasi ortadi. Shuning uchun materialning biron zoʻriqqan holatiga turli plastik deformatsiyalar toʻgʻri keladi. Jismning plastiklik modelini taʼriflash materialning zoʻriqqan va deformatsiyalangan holatlari orqali ifodalanadigan tenzorlarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlashdan iborat. De-formatsion Plastiklik nazariyasidan tashqari, oqim nazariyasi ham mavjud. Bu nazariyaga koʻra, zoʻriqish va deformatsiyaning oʻsishi kuchlanish (zoʻriqish) kompo-nentlariga bogʻliq. Plastiklik nazariyasining ayrim sohalari — reologiya, yaxlit jismlar mexanikasi yaxshi rivojlangan. Plastiklik nazariyasi texnikada — konstruksiyalarni loyi-halashning muhim masalalarini hal qilish, metallning plastik deformatsiyalanish texnologik jarayonini tekshirish va b. da katta oʻrin egallaydi.