PLANYOR

PLANYOR (frans. planeur, planer — parvoz qilmoq) — motorsiz, qanotli havodan ogʻir uchish apparati. Uchishi tinch atmosfera sharoitida ufqqa nisbatan maʼlum burchak osti (moʻljal burchagi) da uzluksiz pasayib borishi na-tijasida yuz beradi; samolyotning uchishidagi kabi fizik qonunlarga asoslanadi, xatto yuqoriga koʻtarilishi mumkin. Planyor rezinali amortizator, chigir, shatakka oluvchi samolyot yordamida uchiriladi. Planyorlar bir, ikki va koʻp oʻrinli; oʻquv, mashq va rekord oʻrnatish (sport) da foydalaniladigan turlarga boʻlinadi. Birinchi Planyor 1868-y. fransuz dengizchisi J. Le Bri tomo-nidan yasalgan va sinab koʻrilgan. Uni ot arava bilan shatakka olib, 30 m gacha uchirishga erishgan. Nemis muhandisi O. Liliyental 1891-y. uchirgan Planyor birinchi marta 250 m masofagacha muvo-zanat saqlagan. Keyinchalik P. Pilcher (Buyuk Britaniya), O. Shanyut (AQSH) va b. ham bunday muvaffaqiyatlarga erishganlar. 1913-y. rus konstruktori S. P. Dobrovolskiy Rossiyada birinchi boʻlib P.-biplan ixtiro qilgan. Bu P.biplan rul boshqarish tizimi yordamida 5 min. davomida ucha olgan. 20-a. 20-, 30-, y. larida ancha takomillashgan Planyorlar yaratilgan.

Planyor larning asosiy uchish-texnik koʻrsatkichlari: eng yuqori aerodinamik sifati 40—53; qanotlarining yoygandagi uz. 29 m gacha, qanotlarini uzaytirishi 20—36; qanotlariga tushadigan kuch 250—350 N/m2, pasayish tezligi 0,4— 0,8 m/s; uchish tezligi (eng yuqori aerodinamik sifatida) 80 — 100 km/soat; maksimal uchish tezligi 220—250 km/soat. Hozir Planyor asosan, sport maqsadlarida qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x