PLANETARIY

PLANETARIY (lot. planeta — sayyora) — 1) astronomik hodisalar (yulduzlar osmonining koʻrinishi, osmon sfera-sining aylanishi, Quyosh va sayyoralarning koʻrinma harakati, Yer sunʼiy yoʻldoshlarittt harakati; Quyosh va Oy tushiliishari va b.) ni maxsus ekranda koʻrsatuvchi apparat. Ekrani yarim sharni eslatuvchi gumbaz koʻrinishida boʻladi. Oylab va yillab kechadigan hodisalarni Planetariyda bir necha min. mobay-nida namoyish qilish mumkin. Birinchi optik Planetariy 1924-y. «Karl Seys» firmasi z-dida (Germaniya) yaratilgan. 20-a. 70-y. larda «Karl Seys» xalq korxo-nasi (GDR) P. ning 3 modelini ishlab chiqargan. Planetariy apparatlari AQSH (Spitz), Yaponiya (Goto) va GFR (Zeiss) va b. mamlakatlarda ishlab chiqariladi;

2) astronomiya, kosmonavtika va Yer haqidagi fanlarga oid tadbirlar oʻtkaziladigan madaniymaʼrifiy muassasa. Planetariyda astronomiya, geodeziya, geofizika va kosmonavtikaga doyr maʼruzalarni oʻqish mumkin. Birinchi Planetariy 1925-y. Myunxenda qurilgan. Toshkentda Planetariy 1963-y. hoz. Ab-dulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida qurilgan, 2003-y. P. ning yangi binosi ishga tushiridsi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x