PLANETALOGIYA

PLANETALOGIYA (yun. planets — ke-zib yuruvchi va… logiya) , sayyorashunoslik — Kuyosh sistemasidat sayyoralar va ularning yoʻldoshlarini oʻrganish bilan shugʻullanuvchi fanlar majmui. Planetalogiya sayyoralar va yoʻldoshlarning fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, ichki va tashki qobiqlari xususiyatlarini oʻrga-nadi. Planetalogiya quyidagi boʻlimlardan iborat: planetar geologiya, selenologiya (Oyni), areologiya (Marsni), germesologiya (Merkuriyni) va afrologiya (Ve-nerani) tadqiq qiladi. Planetalogiya 1950-y. larda SSSR da shakllangan; 1955-y. da astrogeologiya (1962-y. dan planetologiya) komissiyasi, 1968-y. da Xalqaro Planetalogiya assotsiatsiyasi tuzildi. Kosmik tadqiqotlar bilan bogʻliq Planetalogiya alohida rivojlandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x