PITO NAYCHASI

PITO NAYCHASI — bir maromda turgʻun oqayotgan suyuklik (gaz) ning toʻla bosimini oʻlchaydigan asbob. Toʻla bosim statik va dinamik bosimlarning yigʻindisiga teng. Pito naychasi uchi bukilgan manometrik naychadan iborat: pastki ochiq teshigini su-yuqlik (gaz) oqi-miga qaratib joylashtiriladi (rasm). Agar Pito naychasining oqim tezligiga parallel joylashtirilgan bukilgan qismining yon tomonidan teshik ochilsa, statik bosimni oʻlchash mumkin boʻladi. Toʻla va statik bosimlar maʼlum boʻlsa, dinamik bosimni va, demak, suyuklikning oqim tezligini ham aniklash mumkin. Pito naychasi fransuz olimi A. Pito nomiga qoʻyilgan (1732).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x