PISTADOSHLAR

PISTADOSHLAR (Anacardiaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub daraxt va butalardan iborat oʻsimliklar oilasi. 60 turkumi, 500 ga yaqin turi bor. Asosan, tropik va subtropik hududlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda 4 turkumi uchraydi. Shundan 2 tasi (pista va totim) yovvoyi hodda oʻsadi; 2 tasi (Cotinus toxicodendron) ekiladi. Gullari toʻgʻri, bir yoki ikki jinsli, gul-qoʻrgʻoni murakkab (baʼzan oddiy), kosacha va gultojibarglari 3 yoki 5 ta, changchilari 6 yoki 10 ta. Barglari oddiy yoki murakkab, qaramaqarshi yoki ketma-ket joylashgan. Mevasi — pista yoki yongʻoqcha.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x