PISHLOQ

PISHLOQ, sir — sutni ivitib, ishlov berish yoʻli bilan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsuloti. Sigir, qoʻy, echki, buyvol sutidan yoki ularning aralashmasidan ishlab chiqariladi. Tarkibida 15—27% yengil hazm boʻladigan oqsil, shu jumladan, almashtirib boʻlmaydigan aminokislotalar, 20—32% yogʻ, shuningdek, kalsiy, fosfor tuzlari va vitaminlar (1,5—3,4%) bor. 100 g oliy nav P. kaloriyasi 350—400 kkal ga teng. Pishloq parhez va shifobaxsh xususiyatga ega, yengil va deyarli toʻla hazm boʻladi. Sutni ivitish usuliga qarab, shirdon Pishloqi va qatiq pishlogʻi tayyorlanadi. Shirdon Pishloqi ning qat-tiq, shoʻr va yumshoq xillari bor. Qat-tiq Pishloq (Shveysariya, Rossiya, Gollandiya, Kostroma, Yaroslavl P. lari va b.) konsistensiyasi muloyim, yumshogʻiniki (Medinsk, Rokfor, Dorogo-buj Pishloqlari va b.) moysimon. Shoʻr Pishloq (brыnza, Tushin Pishloqi va b.) namakobda yetilishi bilan boshqa Pishloq lardan farq qiladi. Qatiq Pishloqga qizdirilgan Pishloq va b. kiradi. Pishloqning 700 ga yaqin xili maʼlum boʻlib, kimyoviy tarkibi, ma-zasi turlicha. Oʻzbekistonning sut sanoati korxonalarida yumshoq pishloq va brinza ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x