PIRS

PIRS (Peirce) Charlz Sanders (1839.10.9, Kembrij, Massachusets shtati — 1914.19.4, Milford, Pensilvaniya shtati) — amerikalik faylasuf, mantikchi, matematik va tabiatshunos. Amerika fanlar va sanʼat akademiyasi (1877) hamda Milliy FA (1879) aʼzosi. Garvard un-tini tugatgan (1859). Shu un-tda mantiq, tarix va falsafadan maʼruzalar oʻqigan. Pirsga Dune Skot, Kant va Darvin qarashlari taʼsir koʻrsatgan. Pirs agnostitsizmni tanqid qildi, biroq bilimning ishonchliligini inkor etdi. U ilmiy bilim va fikrning shakllanishi, ishonchliligi va dalillar asosida isbotlanganligi masalasiga alox>1da axamiyat berdi. Falsafaga pragmatizm tushunchasini kiritgan. Haqiqatning obyektivligini rad etib, chinlikni amaliy foydalilik b-n tenglashtirgan. Semiotika asoschisi. Matematik man-tiqqa doyr asarlar yozgan. Pirsni «AQSH ilmiy falsafasining otasi» deb hisoblaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x