PILIK

PILIK — 1) toʻqimachilikda — paxta, jun, ipak va zigʻir tolalarini boʻshgina himarib, choʻzib, toʻgʻrilab hosil qilinadigan mahsulot. Piltat nisbatan birmuncha yupqaroq va tekisroq boʻladi. Pilik yigirish usuli (sistemasi) va tolalarning xiliga qarab, ingichka va yoʻgʻon Pilik larga boʻlinadi. Mas, ipakdan tayyorlangan Pilik paxta, jun yoki zigʻir tolalaridan olinadigan Pilikga nisbatan ingichkaroq chiqadi.

Pilik ip yigirish uchun asosiy xom ashyo hisoblanadi. Pilik, asosan, yigirish korxonalarida yigiruv mashinasida tayyorlanadi. Mashinaning asosiy qismi — choʻzuvchi asbob va pishitish-kalavalash mexanizmi;

2) kerosin lampa yoki kerogazning kerosin (yoki moy) ni shi-mib yonadigan qismi. Yoritish yoki kiz-dirish asbobining kattakichikligi (nomeri) ga qarab, Pilik ham ensizroq yoki enliroq boʻladi (mas, 7-pilik, 10-pilik va b.);

3) soch oʻrami yechilib ketmasligi uchun uning uchiga qoʻshib oʻriladigan paxta tolalari; 4) qosh yoki kiprikni boʻyash uchun uchiga paxta oʻralgan choʻp.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x