PEYZAJ (frans. paysage — mamlakat, joy) —1) rassomlik (rangtasvir, grafika) va haykaltaroshlik (relyef) da tabiatni aks ettiruvchi janr yoki shu janrda yaratilgan alohida asar (q. Mantra); 2)adabiyotda — badiiy soʻz vositasidagi tabiat tasviri, ifodasi. Peyzaj yozuvchining oʻz asarida tanlagan ifoda usuli va ijodiy uslubi bilan bogʻliq holda turlicha vazifalarni bajarishi mumkin. Tabiat manzarasi tasviri orqali yozuvchi oʻzining yurtiga, Vataniga, ona tabiatga boʻlgan munosabatini ifodalaydi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri boʻlib, asarning gʻoyaviy-estetik quvvatini oshirish, syujet rivojini tezlatish yoki sekinlatish, qahramonning ichki dunyosini ochish kabi vazifalarni ba-jaradi. Bu b-n P. badiiy asarda ishtirok etuvchi personajlarnn yanada toʻla-qonli ifodalashga yordam beradi. Badiiy asarda Peyzajdan 2 xil usulda foy-dalaniladi: qahramonning ruhiy holatini tabiat tasviri bilan parallel ravishda tasvirlash va qaramaqarshi (kontrast) usulda tasvirlash. Peyzaj tasviri orqali muallif oʻzining asosiy gʻoyaviy niyatini ilgari surishi ham mumkin. Mas, Choʻlpon «Kuz» sheʼrida fasl koʻrinishini chizish orqali rus bosqinchiligining mudhish oqibatlarini koʻrsatmoqchi boʻladi. Shuningdek, Oybekning «Naʼmatak», H. Olimjonning «Oʻzbekiston», «Oʻrik gullaganda», A. Oripovning «Sen bahorni sogʻinma-dingmi?» sheʼrlari Peyzaj lirikasining eng yaxshi namunalari hisoblanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые