MINGBOSHI

MINGBOSHI — harbiy maʼmuriy mansab;

1) ming kishidan tashkil topgan harbiy qism qoʻmondoni. Turk xoqonligi, qoraxoniylar, temuriylar armiyasida mingbegi. Mingboshi tugʻ, karnay, soyabon va chodirga ega boʻlgan. Du-bulgʻa, zirh, sovut, nayza, qilich, sadoq va oʻq-yoy bilan taʼminlangan, oʻnboshi, yuzboshilar Mingboshiga boʻysungan. Mingboshining noibi — oʻrinbosari boʻlgan. Amir Temur qoʻshinida yuzta Mingboshi harbiy qismlarga sardorlik qilgan, jangda zafar quchgan. Mingboshi, viloyat voliysi mansabi bilan taqdirlangan;

2) Oʻrta Osiyo xonliklarida harbiymaʼmuriy mansab. Qoʻqon xonligida xondan keyingi 2-oliy mansab. Asosan, harbiy ishlarga mutasaddilik qilgan. Xiva xonligitsi saroydagi eng kichik amaldor;

3) Eron va Xurosonda 18-a. da Mingboshi harbiy sardor, turkmanlarda kabila boshligʻi;

4) Oʻrta Osiyoning ruslar tomonidan bosib olinishi arafasida Toshkent, Oqmachit (hoz. Qizil-oʻrda) singari shahar hokimlari. Key-inchalik Mingboshi Toshkent dahalari boshliqlari. Daha M. si aholi tomonidan saylanib, viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan. 19-a. oxiriga kelib Mingboshi shaharda tijorat ishlarini nazorat qiluvchi kichik mansab egasiga aylangan;

5) 20-a. ning 20-y. larida M. Oʻzbekistonda bir yoki bir necha qishloq birlashuvidan tashkil topgan maʼmuriy idora boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x