PETYOFI

PETYOFI (Petofi ) Shandor (1823.1.1, Kishkyoryosh — 1849.31.7, Fexeredxaza) — venger shoiri. Lirikasida va-tanparvarlik, oddiy xalq turmushi haqidagi qaygʻusi yetakchi oʻrinda. «Yanosh botir» epik dostoni (1844)da jasur, olijanob dehqon yigitining qiyinchiliklarni yengib, maqsadga yetishuvi tasvirlangan. «Yoʻlbars va sirtlon» (1845) dramasi, «Jallodning arqoni» romani (1846), «Saroy va kulba» (1847), «Havoriy» (1848) dostonlari va b. asarlarida isyonkor shoir tuygʻulari, mehnatkash xalqning orzu, intilishlari aks etgan. «Yanosh botir» (1965) dostoni, «Tanlangan asarlari» (1973) uzbek tiliga tarjima qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x