PESHOVAR

PESHOVAR — Pokistonning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Bar daryosi (Kobulning irmogʻi) boʻyida, Haybar dovonidan 18 km narida, Shim.-gʻarbiy Chegara viloyatining maʼmuriy markazi.

Aholisi 988 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Aeroport bor. K,. x. (bugʻdoy, makkajoʻxo-ri, shakarqamish, tamaki) rayonining savdosanoat markazi. Toʻqimachilik, oziqovqat, metal-lsozlik korxonalari bor. Hunarmandchilikda nafis shoyi, ip gazlama, movut, charm, metall va kulolchilik buyumlari ishlab chikariladi. Peshovar qadimda va oʻrta asrlarda Af-gʻoniston, Eron va Turkistondan Hindistonga borishda savdo karvonlarining toʻxtab oʻtadigan joyi boʻlgan. Peshovarning qad. nomi — Purushapura. 1-a. da Kushon podsholigi poytaxti. Bo-buriylar davrida muhim savdo shahri edi. 1849—1947-y. larda shahar in-glizlarning Britaniya Hindistoni shim.-gʻarbidagi tayanch punkti. Peshovarda un-t (1950), islom kolleji, ilmiy tadqiqot in-tlari, kutubxonalar, mu-zeylar bor. Shaharning qad. qismi 16 darvozali devor bilan oʻralgan. Meʼmoriy yodgorliklardan qalʼa (16-a. boshlari), Mahobatxon masjidi (17-a.) saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x