PESHKASH

PESHKASH, pishkash (fors. — tuhfa, inʼom) — oʻrta asrlarda mahalliy hokimlar, badavlat shaxslar tomonidan xonlar, sultonlar va oliy darajali davlat mansabdorlariga tortiq qilinadigan sovgʻa. Peshkash qimmatbaho zebu ziynat, asbob-anjom, mato, kiyim-kechak, baʼzan argʻumoq otlar, kitob va qullardan iborat boʻlgan. Ruzbexon Isfahoniyning «Mehmonnomayi Buxoro» asarida koʻrsatilishicha, xon huzu-riga toʻplangan Peshkash 3 qismga boʻlinar, soʻng uning bir qismi mashhur sultonlardan biriga berilib, 2-qismi xonning yaqinlari oʻrtasida taqsimlanar edi. Qolgan qismi boʻlsa xonning oʻziga tegishli boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x