PESHDODIYLAR

PESHDODIYLAR — qad. Erondagi afsonaviy shoxlar sulolasi. «Bundaxshin», «Dinkard», «Shohnoma» kabi manbalarga koʻra, Peshdodiylar sulolasi 2441-y. hukm surgan. «Shohnoma»da Kayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid, Zahhok, Faridun, Manuchehr, Navzar, Zovi Taxmosp, Gushtasplar Peshdodiylar sifatida tas-virlangan. Avestonnng «Yasht»larida hamda pahlaviy tilidagi yodgorliklarda esa, ulardan 7 tasi sanab oʻtiladi, «paradata» — peshdod Hushangning unvoni sifatida taʼkidlanadi. Firdavsiy (Shohnoma)da Peshdodiylarni tarixiy shaxslar tarzida tasvirlagan. Peshdodiylar elni dev, ajdar, ajinalar va b. gʻayritabiiy kuchlardan himoya qilishgan. Manuchehr davridagina oʻzaro ichki nizolar, tashqi dushmanga qarshi kurash davom etgan. Jumladan, «Shohnoma»da uning Afrosiyob bilan yurt talashib qilgan janglari tasvirlangan.

Ad.: Firdavsiy, Shohnoma, 1-j., T., 1974.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x