PERUJINO

PERUJINO (Perugino; asli Vannuchchi, Vannuci) Pyetro (1445/1452, fevral, Chitta-della-Pyeve,Umbriya — 1523, mart, Fontinyano) — italyan rassomi, Umbriya maktabi namoyandasi. Pyero della Francheska, niderland us-talari, shuningdek, A. Verrokkyodan (1470-y. dan uning Florensiyadagi us-taxonasida ishlagan) taʼsirlangan. Perujinoning yaratuvchanlik hissi bilan toʻliq rangtasviri mayin kompozitsiya rit-mi va Umbriyaning olis adirlarini aks ettiruvchi hissiyotli manzarali zamini b-n ajralib turadi; fazo kurilishidagi aniklik va vazminlik uning asarlariga alohida uygʻunlik baxsh eta-di: «Avliyo Petrga kalitni topshirish», 1481—82, Vatikandagi Sikst kapella-sida; «Isoga motam», taxm. 1494—95, Uffitsi galereyasida; «Xochga mixlash», 1496, Santa Mariya Maddalena dei Pas-si, Florensiyada; koʻplab madonnalar obrazlari) va b. P. ijodi shogirdi Rafael kuchli taʼsir koʻrsatgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x