PERSONA NON GRATA

PERSONA NON GRATA (lot. persona pop grata — nomatlub shaxs) — 1) biror davlatga diplomatik vakil etib tayinlanishiga oʻsha davlat hukumati tomonidan rozilik berilmagan yoki ishonchni yoʻqotgan va chaqirib olinishi lozim boʻlgan diplomatik vakil. Persona non grata deb eʼlon qilish mazkur diplomat, uning oila aʼzosi yoki diplomatik vakillikning boshqa biron xodimini shu mamlakat hududida bundan buyon bulishi nomatlub deb topilganligini bildiradi. Bunday karorga kelish davlat tomonidan uzining tegishli odamini aytilgan muddatda chaqirib olishni taqozo etadi, agar muayyan muddat belgilanmagan boʻlsa, iloji boricha tezroq chaqirib olish chorasi koʻrilishi kerak. Agar talab bajarilmasa diplomatii mahalliy maʼmurlar xususiy shaxs deb eʼlon qilib, unga oddiy xorijiy fuqaro sifatida munosabatda boʻladilar;

2) koʻchma maʼnoda — xayrixohlik bilan karalmaydigan odam.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x