PERLIT

PERLIT (frans. perle — marvarid) — konsentrik-poʻstloqsimon strukturali nordon vulkan shishasi. Tarkibi nordon lavalarnikiga oʻxshash. Unda SiO2 (65-75%), A12O3 (10-15%), oz mikdorda Fe2O3, CaO, MgO, SO3 va 1 — 9% gacha suv boʻladi. Chizigʻi boʻyicha sindirilganda pusti marvarid kabi yaltiraydigan kichik sharchalarga boʻli-nadi. Teksturasi massivli yoki gʻovakli. Perlit vulkanik shishani sovishida gidratatsiya jarayoni qoʻshilganda yoki vulkanik shishaga keyinchalik gidrotermal suv taʼsir etganda hosil boʻladi.

Zichligi 2300—2390 kg/m3, gʻovakligi 1,8—2% dan 70% gacha. Perlit 850—1200° gacha qizdirilganda yumshaydi, tarkibidagi suv bugʻga aylanadi, yumshagan jins shishib, 10—20-marta kattalashadi. Shishgan Perlit donachalarining hajmiy ogʻirligi 30—40 dan 350—400 kg/m3 gacha boʻladi. Ular qum va shagʻal oʻrnida, yengil beton bogʻlovchisi sifatida, issiklik izolyatsiya materiallari tayyorlashda ishlatiladi. Perlitdan kimyo, neftni qayta ishlash, oziqovqat, dori-darmon, shisha sanoatlari va q. x. da foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x