MARGIMUSH

MARGIMUSH ( fors, marg — ulim, mush — sichqon) , mishyak (Arse-nicum), As — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 33, at. m. 74,9216. Tabiiy Margimush bitta barqaror izotop 75As dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplardan 73As, 74As, 76As muhim. Margimushni ilk bor kim ajratib olgani nomaʼlum. 1789-y. da Margimushni A. Lavuazye element deb aytgan. Margimush massa jihatdan yer poʻstining 1,7-10-4 % ini tashkil qiladi. Daryo suvida 3-10^7%, dengiz suvida 6,6-10^4% M. boʻladi. Tarqoq element, lekin tabiatda 160 dan ortiq minerallari uchraydi. Margimush kolchedani (arsenopirit) FeAsS, M. li kolchedan (lellingit) FeAs2, realgar As4S4, auri-pigment As2S3 koʻp tarqalgan boʻlib, sanoat ahamiyatiga ega. Sof Margimush toʻq kulrang kristall modda, moʻrt metall kabi yaltiraydi. Havoda oksidlanib, qorayadi. Issiklikni va elektr tokini yaxshi oʻtkazadi. Zichligi 5,72 g/sm3. Kristall holatdagi Margimushdan tashqari, amorf Margimush ham boʻladi. Qizdirilganda (615°da) Margimushning ikkala turi ham suyuqlanmay bugʻga aylanadi. Margimush birikmalarida 3 va 5 valentli. Suvda erimaydi. Havoda yonganda oksidlanib, arsenit angidrid As,O3 hosil qiladi. As2O3 tabiatda ar-senolit minerali holida uchraydi. Suyuklanish t-rasi 314°, zichligi 4,15 g/sm3. Suvda oz eriydi. Sof Margimush va uning birikmalarini olishda, optik shisha i. ch. da, tibbiyotda va q. x. zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladi. Margimushning 5 valentli oksidi arsenat angidrid As2O5 ham mavjud. Zichligi 4,1 g/sm3. Suvda yaxshi eriydi. Margimush galogenlar va oltingugurt b-n, yuqori t-rada koʻpgina elementlar bilan bevosita birikadi. Metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Ularga suyultirilgan kislota taʼsir ettirib, sarimsoq hidi keladigan zaharli gazvodorod arsenid olish mumkin. Nitrat kislota va zar suvi M. ni oksidlab, arsenat kislota H3AsO4 hosil qiladi. Arsenat kislota — suvda oson eriydigan qattiq modda. Tuzlari arsenatlar deyiladi. Ar-senit kislota H,AsO3 erkin holda olingan emas, fakat suvdagi eritmasi maʼlum. Uning tuzlari — arsenitlar deb ataladi. Margimush As2O3 ni kumir bilan qaytarish orqali olinadi: As2O3+ +3C->2As+3COt. Birikmalari juda zaqarli boʻlgani uchun ishlatganda niho-yatda ehtiyot boʻlish lozim. Margimush qotishmalar olishda, Margimush birikmalari esa shisha i. ch. da, teri (koʻn), moʻynani uzoq asrashda va Margimush preparatlari olishda ishlatiladi. Tuproqda 4-10^4%, oʻsimlik kulida 3-10~5% M. bor. Dengiz hayvonlari organizmida quruqlikdagi hayvonlardagiga qaraganda Margimush koʻp boʻladi. Odam tanasida 0,08—0,2 mg/kg Margimush bor. Margimush preparatlari tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x