PERIDOTIT

PERIDOTIT — oʻta asosli intruziv togʻ jinsi. Tarkibi, asosan, olivin (40—90%), piroksen, baʼzan shox al-damchisidan iborat. Peridotitda kremnezyom miqdori SiO2 44% dan oshmaydi. Shuningdek, ikkinchi darajali mineral sifatida magnetit, ilmenit, pirrotin, xromit, shpinel, granat va b., baʼzan platina hamda ayrim nikel minerallari uchraydi. Peridotit burmalangan mintaqalarda oʻta asosli va asosli togʻ jinslari bilan birgalikda hamda alo-hida massivlar holida uchraydi. Peridotit yuqori mantiyaning asosiy qismini tashkil etuvchi togʻ jinsidir. Hoz. tasavvurlarga koʻra, Peridotitning barcha turlari mantiyadagi oʻta asosli magmaning mahsulidir. Baʼzan Peridotit bazalt magmasi differensiatsiyalanishining mahsuli boʻlib, gabbro massivlarining chekka fatsiyalarini tashkil qiladi. Peridotit toʻq rangli jins, koʻpincha yashil yoki yashil kulrang boʻladi. Ayrim paytda olivin va piroksenlar kuchli serpentinlashib, Peridotit zmeyevikka aylanadi. Peridotitning garsburgit (saksonit), verlit, vebsterit (lersolit) kabi turlari mavjud. Peridotit boshqa oʻta asosli va asosli togʻ jinslari bilan birga katta masofaga choʻzilgan mintaqa va zonalar hosil qiladi. Bunday joylarda xromit, platina va silikatli nikel ru-dalari, xrizotil-asbest, talk va b. foydali qazilma konlari uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x