PENTLANDIT

PENTLANDITsulfidlar sin-figa mansub mineral, temir-nikel kolchedani. Birinchi boʻlib ingliz sayyohi J. Pentlend (1797—1873) topgan (nomi shundan). Kimyoviy tarkibi (Fe, Ni),S8. P. da 32,55% temir, 34,22% nikel, 32,33% oltingugurt hamda aralashma holida 3% gacha So boʻladi. Tarkibida 49% gacha So boʻlgan Pentlandit kobaltpentlandit deyiladi. Kub sistemada kristallanadi. Metalldek yaltiroq; och jezsimonsariqtusda. Kattikligi 3 — 4, zichligi 4500—5200 kg/m3. Asosli va oʻta asosli otqindi jinslar (gabbronoritlar, piroksenitlar va b.) bilan genetik bogʻlangan sulfid rudalari konlarida uchraydi. Nikel ru-dalari olishda asosiy xom ashyo hisoblanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x