PENSIYALAR

PENSIYALAR (lot. pensio — toʻlov) — fuqarolarga davlat yoki boshqa subyektlar tomonidan qonunda belgilangan hollarda muntazam va, odatda, umr-bod toʻlanadigan toʻlovlar. Ijtimoiy taʼminot shakli hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39moddasiga binoan, «har kim qariganda, mehnat layoqatini yoʻqotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum boʻlganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa xrllarda ijtimoiy taʼminot olish huquqiga ega»dir. Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqsori rasman belgilab qoʻyilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz boʻlishi mumkin emas. Pensiya taʼminoti masalalari Oʻzbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida» qonuni (1993-y. 3 sent.) b-n belgilangan. UzR da doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, basharti davlatlararo bitimlar (shartnomalar)da oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, OʻzR fuqarolari bilan teng ravishda Pensiyalar olish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatchilar, shuningdek, ichki ishlar organlari boshliqlari va oddiy xodimlar tarkibidan boʻlgan shaxslarni hamda ularning oila aʼzolarini Pensiyalar bilan taʼminlash shartlari, normalari va tar-tibi UzR qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Ayni vaqtda ularga «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi qonun asosida pensiya olish huquqi ham beriladi. Pensiyalarning turli xillarini olish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga ularning tanlashiga qarab bitta pensiya tayinlanadi.

Pensiyalarning 3 xil turi mavjud: yoshga doir Pensiyalar ; nogironlik P. i; boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi. Yoshga doir Pensiyalar, oʻz navbatida, 2 xil boʻladi: umu-miy asoslarda tayinlanadigan va im-tiyozli asoslarda tayinlanadigan P. Umumiy asoslarda tayinlanadigan yoshga doir Pensiyalar — erkaklar 60 yoshga toʻlganda va kamida 25 i. mehnat stajiga ega boʻlganda, ayollar 55 yoshga toʻlganda va kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlganda tayinlanadigan Pensiyalar dir. Bolalarni tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratish hamda ayollarning oʻz mehnatidan manfaatdorligini oshirish maqsadida UzR ning «Xotinqizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida» (1999 i. 14 apr.) dagi qonuniga asosan, kamida 20 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan ayollar 54 yoshda pensiyaga chiqib, toʻliq pensiya olishlari mumkin. Bu qonun 1999-y. 1-iyuldan kuchga kirgan. UzR Vazirlar Mahkamasining 1994-y. 12-maydagi 250sonli qarori bilan tasdiklangan 1, 2, 3 roʻyxatlarga muvofiq, fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli asoslarda tayinlanadigan yoshga doir Pensiyalar olish huquqiga ega boʻladilar. Mac, ayrim toifa fuqarolar, yoshidan katʼi nazar, yoshga doir pensiyaga chiqishi yoki 10 yilga, boshqalari, uchun pensiya yoshi, talab etiladigan mehnat staji 5 y. ga qisqartirilgan, baʼzi guruh shaxslar uchun yanada imti-yozliroq shartlar belgilangandir (liliputlar va pakanalar uchun). Krnunda xodimlarning soni qisqartirilishi va korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tugatilishi munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslar (erkaklar —58 yoshga toʻlganida va mehnat staji kamida 25 yil boʻlganida; ayollar —53 yoshga toʻlganda va mehnat staji kamida 20 yil boʻlganda) Pensiyalar olish huquqiga ega boʻlishi koʻrsatilgan.

Yoshga doir Pensiyalar ishlamaydigan pensionerlarga ular istiqomat qilib turgan joydagi ijtimoiy taʼminot organlari tomonidan toʻliq miqdorda toʻlanadi. Ishlab turgan pensionerlarga ularning ish joyida qonun xujjatlarida belgilangan tartibda toʻlanadi. Qoidaga koʻra, ishlayotgan pensionerlarga yoshga doir Pensiyalarning 50% miqdorida toʻlanadi. Bundan istisno tariqasida ayrim toifa xodimlarga yoshga doir Pensiyalar toʻliq mikdorda toʻlanadi. UzR Pre-zidentining «Xotinqizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisi-da»gi farmoni (1999-y. 17 mart)ga muvofiq, yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylari, «Mehribonlik» uylaridagi tarbiyachilar, shuningdek, kutubxonachilar sifatida ishni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida 10 yil stajga ega boʻlgan ayollarga 1999-y. 1-iyuldan boshlab Pensiyalar toʻliq mikdorda toʻlanadi.

Nogironlik Pensiyalari mehnat qobiliyatini amalda uzok, muddatga yoki bu-tunlay yoʻqotish (nogironlik) munosabati bilan tayinlanadi. Nogironlik Pensiyalari nogironlik qachon boshlanganidan: ish davridami, ishga kirguncha yoki ishni toʻxtatgandan keyinmi, bundam qatʼi nazar, quyidagi shaxslarga tayinlanadi: mulkchilik shakli, xoʻjalik yuritish usuli va turidan qatʼi nazar, korxonalarda, mu-assasalar, tashkilotlarda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan xo-dimlarga; jamoa, kooperativ, ak-siyadorlik, jamoa korxonalari aʼzosi boʻlgan xrlda u yerda mehnat qilgan shaxslarga; qarbiy xizmatchilarga; byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasip belgilangan badallarni mun-tazam toʻlab kelgan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga, dehqon xoʻjaligi aʼzolariga; pensiya jamgʻarmasiga tegishli badallar toʻlangani holda ij-timoiy davlat sugʻurtasi bilan sugurtalanmagan boʻlsada, qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti xu-susida xodimlarga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga. Qonunga muvofiq, nogironlik pensiyasi mehnatda ma-yib boʻlgan yoxud kasb kasalligiga chalinganda meqnat stajidan qatʼi nazar toʻlanadi. Umumiy kasallik tufayli nogiron boʻlib qolganda nogironlik pensiyalari tayinlash uchun muayyan umumiy mehnat staji talab etiladi. «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi qonunning 17moddasida ana shu mehnat stajlari koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu konunga binoan, 20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻxtatilgandan keyin nogiron boʻlib qolgan shaxslarga Pensiyalar mehnat stajidan qatʼi nazar tayinlanadi. Pensiyani tayinlash OʻzR Vazirlar Maqkamasining 1994-y. 11-maydagi 249qarori bilan tasdiklangan «Pensiyalar tayinlash uchun zarur boʻlgan qujjatlarni takdim etish va rasmiylashtirish sharti toʻgʻrisida»gi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Boquvchisini yoʻqotganlik Pensiyalari — pensiya jamgʻarmasi mablagʻi hisobidan xar oyda beriladigan toʻlovlardan iborat boʻlib, uning mikdori vafot etgan boquvchining ish xakiga, uning qaramogʻida boʻlib kelgan meh-natga krbiliyatsiz oila aʼzolari soniga bogʻliqdir. Bularga daxldor masalalar «Fukarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi qonunda koʻrsatilgan (19, 20moddalar). Er (xotin)ning vafot etganligi sababli tayinlangan boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi pensioner boshqa nikohga kirganda ham saqlab qoli-nadi. Biroq yangi nikoqga kirgandan keyin pensiya tayinlash uchun muro-jaat qilinsa, pensiya tayinlanmaydi. Mehnatga qobiliyatsiz, yaʼni 60 va 55 yoshga kirgan yoki nogiron boʻlgan buva va buvilar, agar qonunga muvo-fiq, ularni boqishi shart boʻlgan kishilari boʻlmasa, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega boʻladilar.

Qonunda Pensiyalarni tayinlash, xisoblash, qayta hisoblash va toʻlash tartibi koʻrsatib oʻtilgan. Pensiyalar miqdori mehnat staji muddatiga bogʻliq boʻlib, u: pensiyaningtayanch mikdori; mehnat staji uchun pensiyaning oshirilgan qis-mi; pensiyaga qoʻshiladigan ustama haqlardan tashkil topadi. Qonunga muvofiq, Pensiyalar tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan tayinlanadi. Pensiya tayinlash toʻgʻrisidagi hujjatlar ular tushgan kundan eʼti-boran 10 kundan kechiktirmay koʻrib chiqiladi. Yoshga doyr pensiya — agar pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab 3 oy ichida uni soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, pensiya yoshiga toʻlgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya umrbod tayinlanadi. Nogironlik pensiyasi — agar nogironlik belgilangan kundan boshlab 3 oy ichida pensiya soʻrab murojaat etilgan boʻlsa, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi (TMEK) tomonidan nogironlik belgilangan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Ushbu pensiya butun nogironlik davri uchun, 60 yoshdan oshgan erkak va 55 yoshdan oshgan ayol nogironlarga — umrbod tayinlanadi. Pensioner nogironlarni kayta tib-biy koʻrikdan oʻtkazish faqat ularning arizasiga binoan amalga oshiriladi. Boquvchisini yoʻqotganlik Pensiyalari — pensiya olish huquqi paydo boʻlgan kundan boshlab, lekin pensiya tayinlanishi uchun murojaat etishdan oldingi 6 oydan oshmagan muddatdan eʼtiboran tayinlanadi. Pensiya mar-humning oila aʼzosi mehnatga qobiliyatsiz deb hisoblangan butun davr uchun: oilaning erkaklar —60 yoshga, ayollar —55 yoshga toʻlgan aʼzolari uchun esa umrbod tayinlanadi.

Ad.: «Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuniga sharhlar, T., 1995; Oʻzbekiston Respublikasining imtiyozli pensiya taʼminoti va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ hujjatlari, T., 2000; Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining normativ hujjatlari axborotnomasi, T., 2000.

Anvar Inoyatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x