PENOPLASTLAR

PENOPLASTLAR, gʻovak polimer material l ar — gaz bilan toʻldirilgan plastmassalar. Gaz bir-biriga tutashmagan boʻshliq (katak)lar ichida boʻladi. Penoplastlarning hajmiy massasi kichik; issiklik, tovush, suv va elektr oʻtkazmaydi. Penoplastlarning xossasi koʻpiklanish da-rajasi, gʻovaklarining tuzilishi va polimerning kimyoviy tabiatiga bogʻliq.

Penoplastlar polimerlarni yuqori elastik holatda koʻpiklashtirish va qovushoqsuyuq polimer kompozitsiyasini koʻpiklashtirish usulida tayyorlanadi.

Penoplastlar kuch konstruksiyalarining mustax,kamligini oshirish maqsadida ularning elementlariga, yuqori elastik xu-susiyatga ega boʻlgan materiallarga toʻldirgich sifatida, konstruksion elementlarda issiklikni izolyatsiyalashda ishlatiladi. Radio va elektr texnika qurilmalarida, suzish qurilmalarining choʻkmaydigan qismlari va detallarini tayyorlashda, mebellar, kiyimlar i. ch. va b. da qoʻllanadi. Penoplastlar tayyor presslangan va yarim fabrikat holda chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x