PENNIN

PENNINxloritlar guruhiga mansub mineral. Metamorfik togʻ jinslarida keng tarqalgan. Kimyoviy tarkibi (Mg, Fe)5 Al[AlSi3O10](OH)8. Monoklin singoniyali; psevdogeksago-nal, plastinkasimon kristallar hosil qiladi. Rangi, koʻpincha, yashildan qoramtiryashilgacha; xromga boy boʻlgan Pennin (rodoxrom, kemmererit) esa pushti, binafsha yoki och kizil, qizil boʻladi. Qattiqligi 2—2,5, zichligi 2600—2850 kg/m3. Ikkilamchi mineral sifatida magnezial-temir silikatlar (olivin, enstatit, shox aldamchi-si, biotit va b.) metamorflanishidan hosil boʻladi. Qogʻoz sanoatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x