PENITSILLIN

PENITSILLIN — kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqin tabiiy va yarim sintetik antibiotiklar guruhi. Tibbiyot amaliyotida ilk bor qoʻllanilgan, Penitsillinni Penicillium turkumiga mansub zamburugʻlar ishlab chiqaradi. 1928-y. da amerika bakteriologi A. Fleming zamburugʻlarning bakteriyalarga taʼsir etuvchi xossasi borligini tasodifan aniqlagan. Ammo, faqat 1941-y. da A. Fleming, ingliz patologi X. Flori bilan birga mogʻor zamburugʻining bulyon filtratidan Penitsillinni ajratib olib, 1945-y. P. va uning yuqumli kasalliklarni davolashda samaradorligini kashf etganlari uchun Nobel mukofo-tiga sazovor boʻldi.

Hoz. tibbiyotda tabiiy va yarim sunʼiy Penitsillin lardan foydalaniladi. Tabiiy Penitsillinga benzilpenitsillinning natriyli va kaliyli tuzi, bitsilin – 1, – 3, – 5 va fenoksimetilpenitsillinlar ki-radi. Penitsillin molekulasining asosiy qismini 6-aminopenitsillin kislota tashkil qilib, bu betalaktam va tiazolin halqalaridan tashkil topgan murakkab geterotsiklik birikma hisoblanadi. Tabiiy Penitsillinning taʼsir doirasi tor. Tabiiy Penitsillin stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk, gonokokk, meningokok-klar, gazli gangrena, qoqshol, botulizm, kuydirgi, difteriya, zaxm kabi kasalliklarning qoʻzgʻatuvchilariga juda faol taʼsir etadi. Shuning uchun u pnevmoniya, septik endokardit, jarohatlanish oqibatida kelib chiqqan kasalliklar, saramas, peritonit, sistit, osteomiyelit, difteriya, skarlatina va b. kasalliklarda qoʻllanadi.

Yarim suniy Penitsillinga biologik va kimyoviy yoʻllar bilan olinadigan har xil moddalar kiradi. Penitsillin kislotasidagi benzil radikali oʻrniga har xil boshqa radikallar qoʻshilishi natijasida yarim sunʼiy Penitsillinning bir qancha avlodlari olindi, bular antibakterial doirasi, penitsillinazaga chidamliligi va b. xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Yarim sunʼiy Penitsillinning za-harliligi kam, organizmdagi suyukdik va toʻqimaga yengil soʻriladi.

Penitsillinning aktibakterial taʼsir mexa-nizmi, hujayra devori sintezining buzilishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda peptidoglikam (murein) moddasini sintez qiluvchi reaksiya toʻsib qoʻyiladi. Shu sababli Penitsillin guruhi dorilari, asosan, oʻsuvchi bakteriya hujayralariga taʼsir qiladi. Shu bilan birga maʼlum bir bakteriyalar x,ujayra devorining sintezi buzilsa ham oʻz xayot faoliyatini saklab qolib, L – shakldagi mikroorganizmga aylanishi mumkin.

Penitsillin guruhi antibiotiklarini koʻllashda bakteriyalarni ularga nisbatan taʼsirchanligi eʼtiborga olinadi va shi-fokor maslahatiga koʻra qoʻllanadi.

Penitsillinning nojoʻya taʼsiriga, asosan, allergik reaksiyalar, parenteral yoʻl bilan yuborilgandagi asoratlar (ogʻriq, abssess, flebit va b.), disbakterioz misol boʻla oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x