PEMZA

PEMZA (lot. pumex — gʻovak) — nor-don vulkan shishasinnng sergʻovak (gʻovakligi 60—70%dan baland) turi. Tarkibida koʻpincha boshqa turli kristalli donachalar (plagioklaz, kvars, piroksen va b.) qoʻshilgan boʻladi. Strukturasi kichik va katta govaklilarga, teksturasi esa tolali, uyali, koʻpikli, qavariqlilarga ajratiladi. Tarkibida FeO va Fe2O3 miqdoriga qarab rangi oq va zangoridan sariq, toʻq qizil, qoragacha oʻzgaruvchan boʻladi. Qattiqligi 5—6,5, zichligi 2000—2300 kg/m3, hajmiy ogʻirligi 400—900 kg/m3. Kimyoviy jihatdan inert, oʻtga chidamli, 1300— 1400° t-rada yumshaydi. Pemza yogʻoch, tosh va me-tallarga abraziv ishlov berishda, kimyo sanoatida filtr va kataliza-torlar tayyorlashda, neftni qayta ishlash sanoatida, nitroglitserinli portlovchi moddalar sezgirligini oshirish uchun qoʻshimcha sifatida, shisha va yaltiroq boʻyoqlar i. ch. da qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x