PEDOTSENTRIZM

PEDOTSENTRIZM (yun. pais — goʻdak va lot. centrum — markaz) — ped. dagi okim. Taʼlimning mazmuni, uni tashkil etish va metodlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti va ehtiyojiga qarab emas, balki faqat bolaning bevosita talabi va tugʻma qiziqishi b-n belgilanadi, deb hisoblaydi. Pedotsentrizmda oʻquvchilarga sistemali bilim berishga «bola shaxsiyati oʻzini mumkin qadar koʻrsatish im-koniyatiga ega boʻlgan», yaʼni bolalar qiziqishi zoʻr boʻlgan oʻyinlar, suhbatlar va b. mashgʻulotlardan iborat oʻquv jarayoni qarshi qoʻyiladi. Pedotsentrizm gʻoyalari J. J. Russo, amerikalik faylasuf J. Dyui, belgiyalik mashhur pedagog va psixolog O. Dekroli pedagogik tizimining asosiy qismini tashkil etadi. Pedotsentrizm tamoyillari pragmatik ped. da yana ham ochi q ifoda qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x