PEDOMORFOZ (yun. paidos — bola va morphe — shakl) — organizmlarning voyaga yetgan davrining butunlay yoʻqolishi va ontogenezniit qisqarishi orqali evolyutsion oʻzgarish usuli. «Pedomorfoz» terminini ingliz biologi U. Garstan taklif etgan (1922). Pedomorfoz lichinkasi neoteniya yoki pedogenez asosida rivojlanish xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar turi uchun xos. Dumli suvda va quruqlikda yashovchilarning ayrim guruxlari (proteylar, sirenlar), appendiku-lyariyalar, ayrim hasharotlar (grilloblattidlar), oʻrgimchaksimonlar (bir qancha tuproq kanalari) va b. hayoti Pedomorfozga misol boʻla oladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые