MAQBARA

MAQBARA (arab, marqad, turbat) — biror mayitning jasadi joylashgan meʼmoriy inshoot yoki tosh tobut (daxma, sagʻana). Maqbara usti qubbali chortoqli bino boʻlib, ramziy gʻoyalarni oʻzida ifodalagan. Chortoq — yer kurrasini ifoda etuvchi barqaror shakl, qubbaosmon gumbazi ramzi, bular birgalikda Koinotni anglatgan. «Koinot modeli» ning bu tarzda barpo etilishi borliqning Alloh tomonidan yaratilgani haqidagi aqidaga muvofiklashtirilgan.

Sharqda dastlab qabr ustiga biror tosh qoʻyish, imorat qurish man etilgan boʻlsada 9-a. dan xalifalar sharafiga Maqbaralar kurila boshlangan. Movarounnahrda xam 9-a. dan maxsus Maqbaralar qurish odat tusiga kirgan. Keyinchalik, asosan, mashhur kishilar (podshohlar, ruhoniylar, olimlar) qabri ustiga turli Maqbaralar qurilgan. Oddiy Maqbara gumbazli chorsi xonadan iborat boʻlgan, unga peshtoqli eshik orqali kirilgan (q. Arabota maqbarasi). Baʼzan xonaning 4 tomoni ravokdi-chordara shaklida boʻladi (q. Ismoil Somoniy maqbarasi), keyinchalik Maqbara qurilishi tobora murakkablasha borib, unda ziyoratxona, goʻrxona, tagxonasardoba kabi maxsus xonalar paydo boʻlgan (Yassaviy maj-muasi, Amir Temur mafarasi, Toj mahal maqbarasi, Shohizinda ansambli va b.).

Ad.: Mankovskaya L., Bulatova V ., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978; Oʻzbekiston: Islom obidalari, T., 2002.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x