PEDIATRIYA

PEDIATRIYA (yun. pais — goʻdak va iatreia — davolash) — bola organizmining anatomik-fiziologik xususiyatlari, bolalar kasalliklarining kelib chiqish sabablari va ularning rivojlanish mexanizmlarini oʻrganadi; kasalliklarni aniklash, davolash va ularning oldini olish usullarini ishlab chiqadi.

Bolalarni ovqatlantirish, parvarish qilish, baʼzi bolalar kasalliklarini davolash toʻgʻrisida ayrim fikr va maslaxdtlar Gippokrat, Galen, Abu Ali ibn Siio va b. asarlarida uchrasa ham, Pediatriya 19-a. ning 2yarmida mustaqil fan sifatida shakllandi.

Uzbekistonda pediatriya sohasidagi tadqiqotlar Urta Osiyo un-ti tibbiyot f-ti bolalar kasalliklari kafedrasida boshlandi. 1927-y. da Toshkentda Onalik va bolanikni muhofaza qilish i. t. in-tining tashkil qilinishi, keyinchalik tibbiyot in-tlarida pediatriya f-tining ochilishi, 1962-y. da Sogʻliqni saklash vazirligi qoshida «Bolalar organizmining norma va patologiyadagi yosh xususiyatlari» muammolari respublika komissiyasining tuzilishi, 1966-y. da «Akusherlik, ginekologiya va pediatriya i. t. instituti»ning qayta tashkil qilinishi, 1972-y. da Urta Osiyo pediatriya tibbiyot in-ti (xoz. Toshkent pediatriya tibbiyot in-ti)ning barpo etilishi Pediatriya fanining tez rivojlanishiga imkon berdi.

1920-y. dan boshlab mahalliy turmush sharoitlari, ularning bola organizmiga taʼsiri, Uzbekiston sharoitida bolalar kasalliklarining kechish xususiyatlari va ularning oldini olish yoʻllarini oʻrganishga kirishildi; bezgak kasalligi (N. I. Osinovskiy, K. G. Titov, L. M. Isayev, L. S. Aleksandrova), bolalikdagi visseral leyshmanioz va b. kasalliklar oʻrganildi (N. I. Xodukin, R. S. Gershenovich, M. A. Mirzoyan, V. K. Ivanov), 50—60-y. larda bolalardagi oʻtkir va surunkali meʼda-ichak kasalliklari ustida ish olib borildi (S. G. Shamsiyev, H. A. Yunusova, O. S. Maxmudov, V. G. Balobonkin, M. A. Mir-zamuhamedov, F. X. Nazarmuhamedov, B. A. Aminov, A. H. Hamroyev va b.).

Respublikamiz iqlim sharoitida bolalar siydik yoʻlining fiziologiyasi va patologiyasi (K. X. Tohirov, L. S. Aleksandrova, A. S. Saydaliyev, A. S. Sulaymonov), bolalar sili (M. 3. Lyu-beskaya, A. A. Saidaxmedov, V. A. Elkonina), qon kasalliklari oʻrganildi (A. T. Toʻrayev, N. N. Chukanin, 3. N. Bekna-zarova). Ona qornidaligida gipotrofiyaga uchragan bolalarda ularning yoshiga va ovqatlanish turiga qarab aminokislotalar almashinuvi masalasi, nefritda bolalar immun reaktivligi koʻrsatkichlari, oʻtkir va surunkali virusli gepatitlarning oldini olish, ularga tashhis qoʻyish va davolash masalalari (H. A. Yunusova, O. S. Maxmudov, N. S. Loginova, K. M. Mirzayev, T. O. Daminov), oʻt pufagi va oʻt yoʻllari kasalliklari, revmatik kasalliklar, yosh bolalarda elektroensefalik xususiyatlar oʻrganildi (M. A. Mirzamuhamedov, I. A. Bodnya, S. N. Yoʻldosheva, M. R. Nuritdinov, A. T. Oqilov, S. Abdurahmonova va b.). Bolalardagi zotiljam, allergik va immunologik kasalliklar, shuningdek, Pediatriya fani va amaliyotining eng dolzarb muammosi — sogʻlom avlodni tarbiyalash va voyaga yetkazish ustida keng koʻlamda ilmiy ishlar olib borilmoqda. Bola sogʻliq holatining mamla-katimizga xos boʻlgan meʼyor koʻrsatkichlari, bola organizmining immun hola-ti, sogʻlom va bemor bola ovqatlanishi masalasi hamda buni yaxshilash yoʻl-yoʻriqlari, sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilish va b. muammolarni har tomonlama oʻrganish boʻyicha ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.

Dilbar Mahmudova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x