PAYVANDLASH

PAYVANDLASH (qishloq xoʻjaligida) — bir oʻsimlikka ikkinchi oʻsimlikning k,alamchasi yoki kurtagini ulash. Payvand qilinadigan oʻsimlik payvandtag, ulanadigan payvandust deyiladi. Mevachilikda Payvandlash vegetativ koʻpaytirishning asosiy usuli hisoblanadi. Payvandlash payvandlanayotgan oʻsimlikning nav xususiyatini mustahkamlash va saqlash; xoʻjalik koʻrsatkichlari past navlarni aʼlo sifatli, sovuqqa, zararkunanda va kasalliklarga chidamli navlar bilan almashtirish; gullashi va meva tugishini jadallashtirish; oʻsimlikning manzarali va ilashuvchi xillarini yaratish kabi maqsadlarda qoʻllaniladi (q. Kurtak payvand. Iskana payvand).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x