PAXTAOBOD TUMANI

PAXTAOBOD TUMANIAndijon vsыoyatid&t tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil qilingan. 1962-y. 24 dek. da Izboskan tumani bilan birlashtirilgan. 1970-y. 7 dek. da yana yangidan tashkil qilingan. Shim. va shim.-sharkdan Qir-gʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati, gʻarbdan Izboskan, jan. dan Andijon, sharqda (58 km masofada) Qirgʻiziston Respublikasi va Jalol-quduq tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,29 ming km2. Axoliyey 137,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Paxtaobod), 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Ittifoq, Madaniyat, Paxtakor, Uy-gʻur) bor. Markazi — Paxtaobod sh.

Tabiati. Tuman hududi viloyatning shim. da, Norin va Qoradaryo vohasidagi yassi tekislikda joylashgan. Relyefi gʻarbdan sharqqa balandlasha boradi. Oʻrtacha bal. 260 m. Tuproqlari, asosan, boʻz tuproq. Daryo boʻylarida oʻtloqi boʻz tuproq, botqoq-oʻtloqi va botqoq tuproqlar tarqalgan. Adirlar efemer va efemeroidlar,zaxkash yerlarda qamish, qoʻgʻa, qiyoq oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan qizilquyruq, qumsichqon, jayra, qoʻshoyoq, koʻrsichqon, kuyon, boʻri, tulki, qobon, boʻrsiq, kaltakesak, ilon va b. qushlardan chumchuq, chugʻurchiq, soʻfitoʻrgʻaylar bor. Tuman hududi orqali Qoradaryo, Tentaksoy, Moylisoy oqib oʻtadi. Daryo va soy qirgʻoqlarining ayrim joylari harsang toshlar bilan mustahkamlangan. K,. x. ekinlari Qoradaryo, Moylisoydan sugʻoriladi. «Doʻstlik» va «Olmaydon» nasos styalari qurilgandan keyin Norin da-ryosidan ham suv olinadigan boʻldi. Iqlimi keskin kontinental. Yanv. ning oʻrtachat-rasi —3,5°, iyulniki 26,7°. Eng past t-ra —26°, eng yuqori t-ra 42°. Vegetatsiya davri 217 kun. Yillik oʻrtacha yogʻin 300—400 mm. Yogʻin, asosan, qishda va bahorda yogʻadi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, uygʻur, qirgʻiz, tojik, tatar, rus va b. millat vakillari xam yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 475 kishi. Shaharliklar 23,2 ming kishi, qishloq aholisi 114,7 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tumandayetakchitarmoq q. x. hisoblanadi. Paxtachilik, gʻallachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, chorvachilik bilan shugʻullaniladi. Paxtaobod tumanida paxta tozalash z-di, «Interneyshnl» korxonasi, poyabzal f-kasi:, temir-beton mahsulotlari i. ch. korxonasi, 20 aksiyadorlik jamiyati, 14 jamoa, 71 kichik, 1099 xususiy korxona, 4 qurilish tashkiloti, avtokorxona, 953 savdo, 561 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari mavjud. Paxtaobod tumanida 13 shirkat, 406 fermer xoʻjaligi bor. Tumandagi jami ekin maydoni 17,4 ming ga, shu jumladan, 8,2 ming ga yerga paxta, 6,8 ming ga yerga don, 280 ga yerga kartoshka, 820 ga yerga sabzavot ekiladi. 996 ga yer mevazor, 92 ga yer tokzor bilan band (2003).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 25,4 mingdan ziyod krramol (shu jumladan, 13 mingdan ziyod sigir), 18 mingga yaqin qoʻy va echki, 89,7 mingga yaqin parranda boqiladi (2003).

Paxtaobod tumani dagi 41 umumiy taʼlim maktabi, 1 litsey, 1 gimnaziyada 35 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oladi, 3 sport, 1 mu-sika maktablari, 2 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 44 kutubxona (278540 kitob), 10 klub, 4 madaniyat va istirohat bogʻi, Oʻzbekiston xalq shoiri Habibiy uy-muzeyi, stadion bor. Tumanda 2 kasalxona (600 urin), poliklinika, 21 qishloq vrachlik punkti, dorixonalar va b. tibbiy muassasalar ishlab turibdi. Andijon — Tentaksoy t. y. mavjud. Tuman oʻrtasidan Andijon — Jalolobod, Oʻsh — Bishkek avtomagistral yoʻllari oʻtgan. Xovskonota, Koʻktoʻnlikota. Qilich Ibrohim, Xoʻja Taqsimota ziyoratgoxlari mavjud. Tuman «Davr sadosi» gaz. si 1935-y. dan chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x