PAULI PRINSIPI

PAULI PRINSIPIkvant mexanika prinsipi, tabiatning asosiy krnuni; unga koʻra, istalgan kvant sistema (atom, molekula, kristall va b.) da yarim butun spinli bir xil zarralar (mas, elektron, proton va h. k.) dan ikkitasi bir vaqtda aynan bir holatda boʻlishi mumkin emas. 1925-y. da V. Pauli kashf qilgan, Pauli prinsipi dastlab atomdagi elektronlar uchun, soʻngra yarim butun spinli zarralar (molekulalar, atomlar, atom yadrolari, elementar zarralar) uchun ifodalangan. Atom elektronining holati, shu elek-tronning toʻliq energiyasi, orbital va magnit momenti, elektron spini 4 ta kvant soni bilan aniklanadi. Pauli prinsipiga koʻra, atom yadrosiga yaqin boʻlgan elektron qobiq (K-qobiq) da 2 elektron, undan keyingi qobiq (L-qobiq) da 8 elektron va h. k. boʻladi.

Pauli prinsipi Mendeleyev davriy sistemasilya joylashgan elementlarning atomlarida yopiq elektron krbiklarning mavjudligini toʻgʻri tushuntirib berdi; atom va molekula spektrlarini tushun-tirishda boshlangʻich manba boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x