PATRON

PATRON (frans. patron) —1) metall kesish stanoklarida zagotovka yoki ke-suvchi asboblar mahkamlanadigan moslama. Mexanik, elektromagnit, pnevmatik Patronlar bor;

2) tokarlik stanoklarida ichi hovol buyumlar tayyorlashda list zagotovkalar eziladigan model;

3) trubalarga tashqi rezbalar va shu trubalarning muftalariga ichki konus rezbalar kesadigan asboblar. Neft sanoatida (burgʻilash asboblari, nasos-kompressor va b. da) qoʻllanadi;

4) elektr lampalarni burab mahkamlash uchun ishlatiladigan moslama;

5) kiyim bichiladigan namuna va an-daza;

6) harbiy ishda — gilza (snaryad) oʻqi bilan birlashgan, poroxli (jangovar) zaryad va kapsyula yoki kapsyula vtulkasi.

Oʻq (snaryad) ni nishonga urish uchun xizmat qiladi. Patronning pistolet, miltiq va b. qurollarga moʻljallangan turlari bor. Harbiy qurollarda Patron jangovar va yordamchi (oʻqsiz, oʻquvmashq) turlarga boʻlinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x