PASSAKALYA (ispancha pasar — oʻtmoq va calle — koʻcha) — 1) 16-a. dan mehmonlarni kuzatish jarayonida ijro etiladigan tantanavor yoki marshsimon ispancha raqs. Jiddiy, ulugʻvor va koʻtarinki ruxda yangraydigan musiqa asari sifatida 17—18-a. larda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan (G. Pyorsell, K. Monteverdi va b.). Fransiyada yakka raqqos yoki raqqosa ijrosidagi bal raksi (J. B. Lyulli va b.);
2) organ, klavir uchun yozilgan variatsiya shaklidagi pyesa. Musiqa oʻlchovi 3/4 yoki 3/2. P., odatda, ulugʻvor, baʼzan gʻamgin, fojiaviy xarakterga ega. D. Buk-stexude, F. Kuperen, I. S. Bax, G. Gendel va b. P. yozgan. 20-a. kompozitorlari ijo-dida Passakalya turkumli asarlar qismi sifatida keng oʻrin olgan (M. Reger, A. Shyonberg, A. Berg, A. Onegger, B. Britten, P. Xindemit, D. Shostakovich, Q. Qora-yev va b.). Oʻzbekiston kompozitorlaridan B. Giyenko, G. Mushel, M. Tojiyev va b. ijodida Passakalya namunalari mavjud.