PASHSHATOGʻ

PASHSHATOGʻNurota togʻ sistema-sining gʻarbiy davomi. Eng baland joyi 850 m. Yon bagʻirlari quruq soylar b-n kesilgan. Gersin burmalanishi davrida shakllangan Oqtogʻ antiklinal strukturasining gʻarbiy qismi boʻlib, yangi tektonik harakatlar taʼsirida koʻtarilmoqda. Paleozoy davriga mansub ohaktosh, slaneslardan tashkil topgan. Iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha yogʻin 300 mm ga yaqin. Och va oddiy boʻz tuprokdar tarqalgan, efemer, efemeroidlar, shuvoq kabi oʻsimliklar oʻsadi. Yaylov sifatida foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x