PARUSINA (rus. parus — yelkan) — zigʻir tolali yoki yarim zigʻir tolali qalin va zalvor mato. Yoʻgʻon kalava ipdan polotno oʻrilishda toʻqiladi (q. Oʻrilish). Dastlab, asosan, yelkanlar tayyorlash uchun ishlatilgan (nomi shundan). Hozir texnik maqsadlarda (yelkan, brezent, poyabzal va b. uchun), ish kiyimlari, maxsus kiyim-boshlar tikish uchun ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые