PARIXON

PARIXON, parxon (fors. — ruh va oʻqimoq) — pari, jin kabi kuchlar yor-damida bemorlarni kasalliklardan xalos qiluvchi duoxon, azayimxon, folbin; P. baʼzi joylarda baxshi deb ham yuritiladi. Parixonlik Markaziy Osiyoning koʻpgina hududlariga qadimdan tarqalgan. P. Oʻzbekistonda eng koʻp yoy-ilgan homiy ruhlardan birining ob-razlaridan boʻlib, u goʻzallik timsolida tasvirlanadi. Parixonlik kasallikni jin, alvasti va pari kabilarning taʼsiri deb hisoblaydi. Parixonning asosiy davolash qurollari — doyra (childirma) yoki kamchi, baʼzan dutor yoki xivchinlardan iborat boʻlgan. Parixon bemorni qorongʻi xonaga kiritib, oʻzi yodlagan iboralarni takrorlab kasalga tekkan deb gumon qilingan jinlarga doʻq-poʻpisa qilgan. U doyra (childirma) yoki dutor chalib, kamchi bilan bemor tanasidan jinlarni haydashga intilgan. Bemorga tekkan parilar uchun tovuq, uloq, qoʻy, qoʻzi kabilar qurbonlik qilingan. Jonivorlarning qoni parilarga bagʻishlangan. Parixon bemorning ruhiga kuchli taʼsir etishga harakat qilgan. Ja-honning koʻpgina xalqlarida qam Parixonning koʻrinishlari va qoldiqlarini uchratish mumkin. Ilmiy bilimlarning hoz. taraqqiyoti ularning mohiya-timazmunini xolisona ochib berishni kun tartibiga qoʻydi. Parixonlik shamanlikning Markaziy Osiyo sharoitidagi qoldigʻi hisoblanadi.

Ad.: Snecapev G. P., Reliktы domusulmanskix verovaniy i obryadov u uzbekov Xorezma, M., 1969; Basilov V. N., Shamanstvo u narodov Sredney Azii i Kazaxstana, M., 1992.

Ochil Boʻriyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x