FOTOIONLANISH

FOTOIONLANISH, fotoionizatsiya — atom yoki molekulashtg bir yoki bir necha foton bilan oʻzaro taʼsiri natijasida ionlanishi. Agar atom (molekula) uygʻonmagan boʻlsa, bir foton taʼsirida ionlanish yuz berishi uchun ionlashtirayotgan fotonning energiyasi hv (v — nurlanish chastotasi) ionlanish energiyasi IV dan kichik boʻlmasligi kerak. Hamma suyuqdik va gazlarning atomlari hamda molekulalari uchun W shundayki, hv>W shart faqat ultrabinafsha nurlar va yana ham qisqa toʻlqin uzunlikka ega boʻlgan nurlar uchun oʻrinli. Biroq Fotoionlanish pogʻonaviy ionlanish hisobiga hvyorugʻlik bilan nurlantirilganda) ham kuzatilishi mumkin. Fotoionlanish ehtimolligi hv~W holda eng katta boʻladi. hv — W ayirma (W) ga nisbatan kichik boʻlsa, Fotoionlanish vaqtida foton yutiladi. hv — W ayirma Fotoionlanish mahsulotlari (xususan, erkin elektronlar) ning kinetik energiyasiga aylanadi. Katta energiyali foton (rentgen nuri fotonlari, ukvant)lar Fotoionlanish aktida oʻz energiyalarining bir qisminigina sarflaydi; bunda ularning chastotasi oʻzgaradi. Bunday fotonlar modda orqali oʻtishida koʻp sonli Fotoionlanish aktlari sodir qiladi. Fotoionlanish, mas, atmosfera yuqori qatlamlarining ionlanish jarayenida muhim rol oʻynaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x